FARG‘ONA VODIYSIDA SAVE ARAL – 2022 OMMAVIY YUGURISh MUSOBAQALARI SERIYASI BOSHLANDI

FARG‘ONA VODIYSIDA SAVE ARAL – 2022 OMMAVIY YUGURISh MUSOBAQALARI SERIYASI BOSHLANDI

Farg‘ona vodiysining To‘raqo‘rg‘on shahrida 2 oktyabr kuni Save Aral - 2022 xayriya ommaviy yugurish musobaqalarining yakunlovchi seriyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv Raisi kubogi o‘ynalishining so‘nggi bosqichi start oldi. 2022 yil 2 oktyabrdan 8 oktyabrgacha ommaviy yugurish musobaqalari Farg‘ona vodiysining to‘rtta shahrida, shu jumladan, Shahrixon, Marg‘ilon va Qo‘qonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federasiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda hududiy hokimiyatlar ko‘magida tashkil etilgan.

FARG‘ONA VODIYSIDA SAVE ARAL – 2022 OMMAVIY YUGURISh MUSOBAQALARI SERIYASI BOSHLANDIFARG‘ONA VODIYSIDA SAVE ARAL – 2022 OMMAVIY YUGURISh MUSOBAQALARI SERIYASI BOSHLANDI

To‘raqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan Save Aral - 2022 ommaviy yugurish musobaqasi yurtimizda O‘qituvchi va murabbiylar kunini nishonlashga bag‘ishlangan edi. Yengil atletika federasiyasi katta va ommaviy sportga aloqasi bo‘lgan barcha uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu bayramga alohida urg‘u berishga qaror qildi. Har bir professional va havaskor sportchining g‘alabasi va yutug‘i asosida ustozlar va murabbiylarning tajribasi, bilimlari va mehnati yotadi.

Farg‘ona vodiysida o‘tkazilayotgan Save Aral - 2022 yugurish marafoni Orol dengizi havzasi atrofidagi ekologik vaziyatga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga qaratilgan sport tadbirlari seriyasini yakunlaydi. Ommaviy yugurish musobaqalari “O‘zbekneftgaz” AJ tizimining sanoat ob’ektlari, O‘zbekistonning betakror madaniy-tarixiy va tabiiy yodgorliklari hududida o‘tkazildi. “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv Raisi kubogi o‘ynalishi doirasida maxsus nominasiya bilan neftgaz sohasi xodimlarining ishtirok etishi bu yilga xos xususiyat bo‘ldi.

Save Aral ommaviy yugurish musobaqalarini o‘tkazishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash va sog‘lom odatlarni joriy etish g‘oyalarini tarqatish hisoblanadi. Save Aral tashkilotchilari jamoasini respublikaning katta va kichik shaharlarida, eng chekka joylashgan tumanlarida uchratish mumkin bo‘lib, ular doimo haqiqiy sport bayrami muhitini yaratishga tayyor turishadi.

Ommaviy yugurish musobaqasi 4 oktyabrda navbatdagi shahar Shahrixonda bo‘lib o‘tib, 6 oktyabr kuni estafeta Marg‘ilon shahriga o‘tadi. Save Aral - 2022 xayriya ommaviy yugurish poygalari seriyasi 8 oktyabr kuni Qo‘qonda o‘tkaziladi. Sport bayramiga 10 mingdan ortiq ishtirokchi qo‘shilishi kutilmoqda.

Save Aral – 2022 da ishtirok etishga xohish bildirgan hamma uchun ushbu shaharlarda o‘tkaziladigan ommaviy yugurish musobaqasi paytida start kuni ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochiq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!