Farg‘ona viloyatining Rishton shahrida mega ko‘za qurildi

Farg‘ona viloyatining Rishton shahrida mega ko‘za qurildi

Farg‘ona viloyatining Rishton shahrida mega ko‘za qurildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Rishton tuman hokimining o‘rinbosari Abdusalom Siddiqovning aytishicha, Zarariq mahallasida qad rostlagan aylanasi 13 metr, og‘irligi o‘n tonnadan ortiq bo‘lgan ulkan ko‘za mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

To‘rt qavatli bino balandligidagi ushbu ko‘za kulollar yurti hisoblangan Rishton shahrining tashrif qog‘oziga aylanishi kutilmoqda.

Shaharning Uchariq mahallasida ham uchta ulkan ko‘zadan iborat ekspozisiya bunyod etilgan.

Manba: daryo.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!