«Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori» metro liniyasi quriladi

«Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori» metro liniyasi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda infratuzilmadan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Poytaxt aholisi va mehmonlari soni ortib borayotgani, shahar kengayishi va jamoat transportiga talab oshishi metropolitenni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etmoqda. Shu maqsadda 2030 yilgacha metropolitenda kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 million nafarga yetkazish, metro bekatlari sonini 79 taga, liniyalar uzunligini 103 kilometrgacha oshirish maqsad qilingan. Shuningdek, poyezdlar harakati intervalini bosqichma-bosqich 1,5-3 daqiqagacha qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Metropoliten infratuzilmasini yaxshilash va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha ham qator choralar belgilanmoqda. Jumladan, 2026-2028 yillarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va fuqaro muhofazasi ob’ektlari texnik bazasini takomillashtirish choralari ko‘riladi.

Yo‘lovchilar xavfsizligini kuchaytirish maqsadida «Shahriston» metro bekati platformalarida sinov tariqasida oynali himoya to‘siqlarini o‘rnatish taklif etildi. Xalqaro tajribaga ko‘ra, bunday to‘siqlar platformalardagi baxtsiz hodisalarni 80-90 foizgacha kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, ular qo‘shimcha reklama maydonlarini yaratish orqali daromadlarni oshirishga ham xizmat qiladi.

Yana bir muhim yo‘nalish – yangi liniyalar qurilishi. Xususan, «Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori» metropoliten liniyasi bo‘yicha loyiha baholash hujjatlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda «Mingo‘rik – Janubiy vokzal» yo‘nalishi, ikkinchi bosqichda esa «Janubiy vokzal – Chilonzor buyum bozori» yo‘nalishini qurish imkoniyatlari o‘rganiladi.

Metropolitenda qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Vagon va platformalarda raqamli reklama maydonlarini auksion orqali xususiy sektorga ijaraga berish, metro bekatlarida vending apparatlari, kichik savdo ob’ektlarini joylashtirish, stansiyalar oldida avtoturargohlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bo‘sh turgan bino va xonalarni kovorking va kichik ofis sifatida tadbirkorlarga auksion asosida ijaraga berish taklif etildi.

Avtotransportdan metro tizimiga qulay o‘tishni ta’minlash maqsadida «Park&Ride» tizimini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

Taqdimotda harakat tarkiblarini yangilash va elektrodepo qurish masalalari ham muhokama qilindi. 2027-2030 yillarda metropoliten uchun talab etiladigan harakat tarkiblarini xarid qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Shu munosabat bilan yangi harakat tarkiblari uchun elektrodepo qurishga zarur yer maydoni ajratiladi.

Shuningdek, 2027-2035 yillarda Toshkent metropolitenini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish belgilanmoqda. Unda metropoliten tarmoqlarini ikki barobarga kengaytirish, yo‘lovchi tashish hajmini 2,5 barobarga oshirish, ekologik barqaror, energiya tejamkor va xavfsiz transport tizimini yaratish, servis sifati va yo‘lovchilar uchun qulayliklarni yanada oshirish vazifalari qamrab olinadi.

Yo‘l kira haqini to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham takliflar bildirildi. Xorijiy tajriba asosida masofaga qarab to‘lash, aholi toifalari uchun imtiyozlar, kunlik, haftalik va oylik abonementlar tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi.

Prezidentimiz jamoat transporti, ayniqsa, metropoliten yirik shahar hayotida eng muhim infratuzilmalardan biri ekanini ta’kidladi. Shu bois, xizmat sifati, xavfsizlik, moliyaviy barqarorlik va zamonaviy boshqaruvni bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Taqdim etilgan takliflarni ma’qullanib, ularni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Таниқли хонанда Муниса Ризаева "ИнтервюТв" лойиҳасига берган интервьюсида тўй хизматлари учун белгиланган нархларни ошкор қилди.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

KXDR AQShning yadroviy quroldan voz kechish chaqirig‘iga javob berdi

Бу ҳақда Шимолий Корея Ташқи ишлар вазирлиги эълон қилди.

Qatar davlat investisiya jamg‘armasi Shveysariyaga gol urgan futbolchiga juda katta mukofot to‘laydi

Қатар давлат инвестиция жамғармаси Ҳуҳига ЖЧдаги голи учун 3 миллион доллар ва ярим миллиондан қимматроқ Rolls-Royce Phantom совға қилади

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

Javohir Sindarov jahon reytingida ko‘tarildi

Ўзбекистонлик гроссмейстер Жавоҳир Синдаров классик шахмат бўйича жаҳон рейтингида тўртинчи поғонага кўтарилди.

Putinni karikatura qilgan rassom otib o‘ldirildi

Полшанинг Бяла-Подляска шаҳрида россиялик рассом ва фаол Семён Скрепетский отиб ўлдирилди. У Путин ва Лукашенко ҳақидаги сиёсий карикатуралари билан танилган эди.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Ukraina qo‘shilsa — Yevropa Ittifoqi parchalanadi

Бу ҳақда Сергей Лавров Туркия ташқи ишлар вазири Ҳакан Фидан билан музокаралардан сўнг бўлиб ўтган матбуот анжуманида айтиб ўтди.

Tramp Isroilni ilk bor qattiq tanqid qildi: tinch aholi qurbonlari ko‘paymoqda

Дональд Трамп Исроилнинг Ливандаги ҳарбий ҳаракатлари ва тинч аҳоли қурбонлари кўпайиб бораётгани бўйича илк бор очиқ танқид билдирди.

Ukraina urush boshlanganidan beri birinchi marta demobilizasiya qilinganini e’lon qildi

Бу ҳақда Укарина Мудофаа вазири Михайло Фёдоров маҳаллий ТСН телеканалига берган интервьюсида маълум қилди.

Putin taklif etilmagan joyga bormaydi – Kreml matbuot kotibi

Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Владимир Путин Украина президенти Зеленскийдан G7 саммити доирасида учрашув ўтказиш бўйича расмий таклиф олмаганини маълум қилди.

Messi nega JCH-2026da kiritgan birinchi golidan keyin yig‘ladi?

Аргентина терма жамоаси Жаҳон чемпионати гуруҳ босқичидаги биринчи ўйинида Жазоирни 3:0 ҳисобида мағлуб этди

Shavkat Mirziyoyev ertaga O‘zbekistondagi barcha davlat ishxonalarida ish soat 10:00 dan boshlanishini ma’lum qildi

Бу ҳақда Президент матбуот котиби Шерзод Асадов маълум қилди.

Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li 4 yildan ortiq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi

Бразилия Олий суди мамлакатнинг собиқ президенти Жаир Болсонарунинг ўғли Эдуарду Болсонаруни сиртдан тўрт йил икки ой муддатга озодликдан маҳрум қилди.

Ukraina belaruslik bolalar ketayotgan avtobusga hujum qildi

Брянск вилоятида содир бўлган ҳодиса юзасидан Россия Тергов қўмитаси теракт моддаси билан жиноят иши қўзғатди.

Hamid Sodiq: «AQSh uchun Isroil xavfga aylanmoqda»

Эронлик сиёсий таҳлилчи Ҳамид Содиқнинг таъкидлашича, Исроилнинг минтақадаги ҳаракатлари ва мустақил ҳарбий қарорлари Вашингтон манфаатлари учун тобора каттароқ муаммога айланмоқда.

Qo‘yliq dehqon bozoridagi oshxonada yong‘in chiqdi

Қайд этилишича, ёнғин оқибатида ошхонанинг том қисми ёниб зарарланган.

Farg‘onada yuz bergan yong‘inda 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги маълумотларига кўра, нотурар қаровсиз бинонинг 60 квадрат метр майдони ва 3 та автомобил – Labo, Hyundai ва Mercedes-Benz ёниб зарарланган.

Xalqaro Kurash Assosiasiyasi Prezidenti iste’foga chiqdi

ИКА Президенти Ҳайдер Фарман оилавий ҳамда бошқа иш мажбуриятлари сабабли Халқаро Кураш Ассоциацияси Президенти лавозимидан расман истеъфо берди.

AQSh bo‘lmaganda Isroil mavjud bo‘lmas edi

АҚШ президенти Доналд Трампнинг таъкидлашича, Қўшма Штатларнинг кўмаги бўлмаганида, бугунги кунда Исроил давлати мавжуд бўлмас эди.

Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi​​​​​​​

Тезкор тадбир давомида мансабдор шахс олдиндан 2,5 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Toshkentda 20 yoshli ayolni fohishalik uchun Dubayga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Мазкур ҳолат юзасидан гумонланувчига нисбатан Жиноят кодексининг 135-моддаси 2-қисми билан жиноят иши қўзғатилган.

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi

Дастлабки маълумотларга кўра, автомобил оила аъзоларининг рухсатисиз олиб чиқилган.

Turkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildi

Шунингдек, Ҳатай вилоятида Тошкент ва Самарқанд кўчаларининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.

Buyuk Britaniya bosh vaziriga tegishli mulklarga o‘t qo‘yishda ikki nafar Ukrainada tug‘ilgan erkak aybdor deb topildi

Лондондаги Олд Бейли суди ҳайъати Буюк Британия бош вазири Кейр Стармер билан боғлиқ уйлар ва автомашинага ўт қўйиш бўйича ишда икки нафар айбланувчини айбдор деб топди.

Barcha Jahon urushlarini Yevropa boshlagan — Lavrov

Россия ташқи ишлар вазирининг бошқа баёнотлари:

Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Ушбу мансабдор шахс 2011 йилда ҳам фирибгарлик, ҳокимият ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш, мансаб сохтакорлиги ва пора олиш каби жиноятлар билан судлангани маълум бўлди.

Samarqandda uch yoshli bola bog‘chadagi suv havzasiga tushib ketib, vafot etdi

“Ҳозирда мазкур ҳолат бўйича туман прокуратураси томонидан терговга қадар суруштирув ишлари олиб борилмоқда”, дейилади хабарда.

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Қутқарув хизматлари самолётдан сакраб қолишга улгурган парашютчиларни топиш умидида ҳалокат жойи атрофини кўздан кечирди, бироқ омон қолганларни топа олмади

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.