Yuliya Mendel Taker Karlsonga intervyusida Ukraina prezidenti, propaganda va mamlakatdagi vaziyat haqida keskin gapirdi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy haqida qator keskin bayonotlar berdi.
Mendelning asosiy bayonotlari:
“Menimcha, Ukrainada 25 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi, ulardan 11 millioni nafaqaxo‘rlardir”;
“Men Ukraina yo‘q bo‘lib ketish arafasida deb hisoblayman. Bizda aql-idrokning katta oqimi va demografiya bilan bog‘liq ulkan muammolar mavjud”;
“Unga odamlar baribir. Uni hokimiyatni saqlab qolish qiziqtiradi. U tarixda buyuk qahramon bo‘lib qolishni istaydi”;
“Men Zelenskiyni oqilona deb hisoblamayman. O‘ylashimcha, unda qandaydir ruhiy buzilish bor”;
“Afsuski, u faqat piar. U mazmunli odam emas”;
“Biz eshitayotgan targ‘ibot o‘ta g‘ayriinsoniy va behayo. Rossiya parchalanish arafasida ekanligi haqidagi gaplar ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya ketma-ket to‘rtinchi yil ‘parchalanmoqda’ degan hazilga aylandi”;
“Mark Ryutte bir necha hafta oldin Rossiya dahshatli ahvolda ekanini va g‘alaba qozonish uchun yana uch-to‘rt oylik urush kerakligini aytdi. U buni qayerdan oldi o‘zi?”;
“U shunday degan: "Menga Gebbels propagandasi kerak. Menga Gebbels propagandasining mingta gapiruvchi kallalari kerak”;
“Bu siz teleekranda ko‘rayotgan odam emas, butunlay boshqa odam. U doim niqoblarini almashtirib turadi”;
“U o‘zining arzon sviteridagi bechora yigitni o‘ynaydi. U boy, bu aniq"
“Ermak va Zelenskiy — ikkalasi ham yovuz va o‘ta paranoid narsisslar, ular himoya rejimida”;
“Zelenskiy butun bir madaniyatni — taqiqlar va "bekor qilish" madaniyatini yaratdi: odamlar, artistlar, shoirlar, cherkovlar, yozuvchilar... U qandaydir tarzda Rossiya bilan bog‘lashi mumkin bo‘lgan hamma narsani taqiqlaydi. Bu har doim Ukrainani zaiflashtiradi”;
"U (Zelenskiy) 15 daqiqaga vannaxonaga ketardi. Va men sizga aytsam, u boshqa odam bo‘lib chiqqani meni doim hayron qoldirgan. Rost, u har doim boshqacha odam bo‘lib chiqardi... u g‘ayratli, bilasizmi, harakatga to‘la bo‘lib chiqardi";
“Men uning turli klublarda giyohvand moddalarni iste’mol qilganini ko‘rgan ko‘plab odamlar bilan uchrashdim”.
Shu bilan birga, Mendel Zelenskiyning giyohvand moddalar iste’mol qilganini shaxsan ko‘rmaganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, Ukraina hukumatida professionallar kamaygan, Zelenskiy esa lavozimlarni asosan o‘ziga sodiq odamlarga beradi.
Mendel Amerika OAV Ukrainadagi korrupsiya haqida kam yozishiga ham to‘xtaldi.
“Menimcha, Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlashimiz kerakligi haqida norasmiy kelishuv bor edi, chunki bu Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni anglatadi”, — dedi u.
Uning aytishicha, 2023 yil oxirida Zelenskiy maxsus xizmatlarga tanqidiy kayfiyatdagi blogerlarga qarshi kurashni boshlashni topshirgan. Mendel, shuningdek, Zelenskiyning o‘z fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy etish amaliyotini konstitusiyaga zid deb atadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.
Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.
Украина президенти Зеленскийнинг 2019 йилдан 2021 йилгача матбуот котиби лавозимида ишлаган Юлия Мендел америкалик журналист Такер Карлсонга интервю берди.
Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар – Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.
Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.