Farg‘ona – Mo‘ynoq aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona – Mo‘ynoq aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona va Urganch shaharlari orasida aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

Farg‘ona – Mo‘ynoq – Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar tashkillashtiradi. Bu qabul qilingan “Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
Transport-logistika masalalarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya ikki hafta muddatda bu yo‘nalishdagi aviaqatnovlarni tashkillashtirilishini ta’minlashi zarur.
Bundan tashqari, Farg‘ona va Samarqand, Farg‘ona va Buxoro, Farg‘ona va Termiz hamda Farg‘ona va Urganch shaharlari orasida aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak.
Avvalroq Toshkent-Nukus-Mo‘ynoq aviaqatnovi yo‘lga qo‘yilgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!