Falastin Putindan yordam so‘radi. Nega?

Falastin Putindan yordam so‘radi. Nega?

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Moskvada Isroil bilan muzokaralarni tashkil etishda yordam berishini so‘rab murojaat yubordi. Bu haqda Falastinning Moskvadagi elchisi Abdel Hafiz Nofal ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

"Biz Isroil bilan muzokaralarni ikki davlat prinsipi asosida davom ettirishni juda xohlaymiz", dedi diplomat. Uning ta’kidlashicha, Falastin Rossiya tomonidan ushbu mojaroni hal qilish uchun konferensiya o‘tkazishni so‘ragan.

Oldinroq Falastin Isroil va AQSh bilan barcha kelishuvlarni buzishga qaror qilgan edi. Abbosning so‘zlariga ko‘ra, Falastin ushbu davlatlar bilan tuzilgan kelishuvlar bo‘yicha barcha majburiyatlardan ozod qilinadi. Ma’muriyat rahbari Falastin muzokaralarga faqat uchinchi tomon vositachiligi bilan qaytishini qo‘shimcha qildi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu 17 may kuni G‘arbiy Sohil va Iordan vodiysidagi yahudiy aholi punktlari foydasiga Falastin hududlarini anneksiya qilish vaqti kelganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!