«Facebook» shubhali kontentlarni tekshiradi

«Facebook» shubhali kontentlarni tekshiradi

“Facebook“ ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar foto va videolarining haqiqiyligini tekshirishni boshladi. Bu haqda mahsulotlar bo‘yicha menejer Antoniya Vudford kompaniyaning korporativ blogida xabar berdi.

“Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 17 mamlakatdagi 27 ta hamkorimiz uchun foto va videolarni tekshirishni kengaytirmoqdamiz. Bu dezinformasiyani tezroq aniqlashga va chora ko‘rishga yordam beradi”, – deya yozadi menejer.

“Barcha shubhali nashrlar aniqlanadi“, – deya xabar qiladi kompaniya.

Kompaniya yolg‘on kontentlarni aniqlash uchun turli signallardan foydalanuvchi o‘z-o‘zini o‘rganish modelini yaratdi.

Kompaniya ekspertlari surat va videolarni tekshirib boradi. “Facebook“ shuningdek suratlardan matnni ko‘chirish uchun belgilarni optik aniqlashdan ham foydalanadi. Ijtimoiy tarmoq surat va videolar manipulyasiyasini aniqlashning yangi usullarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshlarida “Facebook“ ijtimoiy tarmoqdan trolling bilan bog‘liq yuzlab nashr va akkauntlarni o‘chirib tashladi. Kompaniya rahbari Mark Sukerbergning xabar berishicha, ushbu mamlakatlar “butun dunyo bo‘ylab bir necha marta insonlarni aldagan va ularni manipulyasiya qilgan”. So‘zining davomida u ijtimoiy tarmoqlar yordamida saylovlarga aralashuvdan saqlanishga imkon beruvchi vositalar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!