«EvrovideniYE-2022» final bosqichi ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

 «EvrovideniYE-2022» final bosqichi ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Payshanba oqshomida Italiyaning Turin shahrida «EvrovideniYE-2022» qo‘shiq tanlovining ikkinchi yarim finali yakunlandi, deya xabar beradi Yevropa OAVlari.

Ikkinchi yarim finalda 18 nafar ishtirokchi «Evrovideniye» finaliga so‘nggi 10 ta yo‘llanma uchun kurash olib bordi. Sheldon Rayli (Avstraliya), Nadir Rustamli (Ozarbayjon), Jeremi Makize (Belgiya), Oxman (Polsha), WRS (Ruminiya), Konstrakta (Serbiya), The Rasmus (Finlyandiya), We are domi (Chexiya), Korneliya Yakobs (Shvesiya), Stefan (Estoniya) g‘alaba qozondi.

10 may kuni qo‘shiq tanlovining birinchi yarim finali bo‘lib o‘tdi. Natijada, hozirgi «Evrovideniye»ning asosiy favoritlari - ukrainalik Kalush Orchestra, armaniyalik Roza Lin, litvalik Monika Lyu, Gresiyadan Amanda Georgiadi Tenfyord, moldovalik Zdob si Zdub & Advahov Brothers. jamoa finalga yo‘l oldi.

Evropa radioeshittirishlar ittifoqining (tanlov tashkilotchisi) beshta eng yirik donorlari– Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Fransiya final bosqichida malakasiz ishtirok etadi.

Jonli efir «Evrovideniye»ning rasmiy saytida, 14 may, shanba kuni Yevropa vaqti bilan soat 21.00 da namoyish etiladi.

Muxlislar rasmiy «Evrovideniye» ilovasi orqali sevimli qo‘shig‘iga ovoz berishlari mumkin. Ushbu ilova shou paytida qanday va qachon ovoz berish haqida ma’lumotni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!