Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, boshqa G‘arb davlatlariga qaraganda Serbiyaga nisbatan kamroq ruslar ketgan, biroq aholisi ikki milliondan kam bo‘lgan Belgrad shahrida ularning «borligi juda seziladi». Bu haqda Reuters yozmoqda.
Serbiya rasmiylari va imigrantlar bilan suhbatdan so‘ng agentlik respublikada «mini-Rossiya» shakllangan degan xulosaga keldi.
Shunday qilib, mamlakatda ruslarga qarashli klublar, bolalar bog‘chalari va tibbiyot muassasalari ochilgan. Rus qo‘shiqchilar va qiziqchilari u yerda chiqish qilmoqda, rassomlar esa ruslarga tegishli galereyalarda o‘z asarlarini namoyish etmoqda.
Serbiya Ichki ishlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil fevralidan 2023 yil o‘rtalariga qadar 30 mingdan ortiq rossiyalik Serbiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olgan. Serbiya rasmiylari o‘tgan yillar uchun qiyosiy ma’lumotlarni keltirmadi, biroq jangovar harakatlar boshlanganidan keyin aholi oqimi keskin oshganini aytdi. Bu vaqt ichida ruslar Serbiyada turli sohalarda - Internet xizmatlaridan tortib mehmonxona biznesi va sport maktablarigacha bo‘lgan 11,1 ming korxonaga asos solgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.