Evropada koronavirusning juda yuqumli bo‘lgan shtammi tarqalish ehtimoli bor

A A A
Evropada koronavirusning juda yuqumli bo‘lgan shtammi tarqalish ehtimoli bor

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropada koronavirus juda yuqumli bo‘lgan «Hindiston» shtammi tarqalishini bashorat qildi. Bu haqda tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge aytib o‘tdi.

«Delta varianti» nomi bilan tanilgan ushbu koronavirus mutasiyasi bir qator mamlakatlarda boshqa shtammlarni allaqachon siqib chiqargan», deydi Klyuge.

JSST vakilining ta’kidlashicha, virusning ushbu turi juda yuqumli, hatto uni immunitetga ega bo‘lganlar ham yuqtirish ehtimoli borligidan mutaxassislarni tashvishga solmoqda.

Shu bois JSST mutaxassisi beparvolikka berilmaslikka va o‘tgan yilgi xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi.

«Biz allaqachon bu holatdan o‘tganmiz. O‘tgan yilning yozida kasallik yosh holatlarda asta-sekin o‘sib bordi. So‘ngra yoshi kattaroq guruhlarga o‘tdi. Bu 2020 yilning kuzi va qishida kuzatilgan dahshatli epidemiya, ko‘plab odamlarning o‘limiga olib keldi», deydi u.

Avvalroq, JSST o‘nlab mamlakatlarda koronavirusning «Hindiston» shtammi tarqala boshlaganini ma’lum qilgan edi. Hozirda ushbu V.1.617 shtammi 53 mamlakatda rasman qayd etilgan. Bundan tashqari, tashkilot tomonidan olingan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shtamm yana yetti mamlakatda aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!