Evropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi Ispaniyada qo‘lga tushdi

Evropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi Ispaniyada qo‘lga tushdi

Ispaniya milliy polisiyasi Yevropada eng ko‘p qidirilayotgan, odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoyatchini ushladi, deyiladi qirollik huquq-tartibot idorasi tarqatgan matbuot xabarnomasida.

“Milliy polisiya agentlari Deltebre (Tarragona) shahrida Ruminiya hukumati tomonidan voyaga yetmagan bolalarni sotish bilan shug‘ullanishda hamda shaxsga nisbatan amalga oshirilgan ikki jinoyat bilan ayblanib qidiruvga berilgan kimsani ushlashga muvaffaq bo‘ldi”, - deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, 2009 yil Ruminiya uni Yevropaning eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritish uchun maxsus order bergan. 15 yil davomida qochoq Ispaniya shimoli-sharqidagi Deltebre shahrida boshqa nom bilan ko‘chmas mulk agenti sifatida ishlagan.
Ayni payt Ruminiya hukumatiga topshirilgan jinoyatchini 10 yillik qamoq jazosi kutyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!