Evropa Trampning bojlari tufayli yo‘qotishlarni hisoblab chiqdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan joriy etilgan bojlar Yevropaning AQShga yo‘naltirilgan 380 milliard yevrolik eksportining 70 foiziga ta’sir ko‘rsatishi Politico nashrida xabar qilinmoqda.
"Vahimaga tushgandek taassurot uyg‘otmaslik uchun darhol javob qaytarmaslikka qaror qildik," - dedi nomi oshkor etilmagan yevropalik diplomat.
Jurnalistlar hisob-kitoblariga ko‘ra, bojlar Yevropa mamlakatlaridan 26 milliard yevrolik po‘lat va alyuminiy, 66 milliard yevrolik avtomobil eksportiga ta’sir qiladi, boshqa ikki tomonlama bojlar esa umumiy qiymati 290 milliard yevrolik eksport tovarlariga ta’sir ko‘rsatadi. Aniqlanishicha, Yevropaning AQShga yo‘naltirilgan eksportining 70 foizi boj to‘lovlariga tortiladi.
Shuningdek, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yangi bojlar joriy etilmaganda, AQSh o‘tgan yilgi 7 milliard yevro o‘rniga davlat g‘aznasini 81 milliard yevro miqdorida to‘ldirgan bo‘lardi.
Ilgari xabar qilinganidek, AQSh Yevropa Ittifoqi tovarlariga 20 foiz, Xitoy tovarlariga esa 34 foiz boj solmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning Pushti bog‘idagi nutqida ma’lum qildi. Shunga o‘xshash choralar Vetnam (46 foiz), Hindiston (26 foiz), Indoneziya (32 foiz), Kambodja (49 foiz), Malayziya (24 foiz), Janubiy Koreya (25 foiz), Tailand (36 foiz), Tayvan (32 foiz), Shveysariya (31 foiz), Yaponiya (24 foiz) va boshqa mamlakatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Trampning ta’kidlashicha, Amerika ma’muriyatining barcha davlatlarga nisbatan o‘zaro bog‘liqlik tamoyili asosida bojxona to‘lovlarini joriy etishi Qo‘shma Shtatlarning iqtisodiy mustaqilligi boshlanganidan darak beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "mamlakatlar AQSh bilan qanday munosabatda bo‘lsa, Vashington ham ular bilan xuddi shunday munosabatda bo‘ladi".