Evropa Ittifoqi xorijga harbiy yordam fondini 2 milliard yevroga oshirishni ma’qulladi

Evropa Ittifoqi Kengashi asosiy hamkorlarga, jumladan Ukrainaga harbiy va xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatish uchun Yevropa Tinchlik Jamg‘armasi deb ataladigan mablag‘ning maksimal miqdorini 2 milliard yevroga oshirdi.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Kengash qo‘shimcha moliyaviy ehtiyojlarni qoplash maqsadida 2027 yilgacha Yevropa Tinchlik Jamg‘armasini moliyalashtirish chegarasini 7,979 milliard yevrogacha oshirishga qaror qildi”, — deyiladi hujjatda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)