Evropa Ittifoqi Ukraina donining importiga qo‘yilgan cheklovlarni uzaytirdi

Evropa Ittifoqi Ukraina donining importiga qo‘yilgan cheklovlarni uzaytirdi

Evropa Ittifoqi unga a’zo beshta davlat uchun Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini olib kirishning vaqtinchalik taqiqini joriy yilning 15 sentyabrigacha uzaytirdi. Bu haqda kecha, 5 iyun kuni Yevrokomissiya saytida e’lon qilingan xabarda aytildi.

Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni Bryussel Ukraina ta’minoti tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining pasayishidan norozi bo‘lgan o‘z fermerlarini qo‘llab-quvvatlash chorasi sifatida Ukrainadan Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Slovakiyaga bug‘doy, makkajo‘xori, kolza hamda kungaboqar urug‘larini import qilishni vaqtinchalik taqiqlagan edi.

Evropa Ittifoqi 15 sentyabrgacha barcha cheklovlarni olib tashlash niyatida ekanligini ma’lum qildi, ammo hozir ular "alohida holatlar", jumladan, logistika qiyinchiliklari va saqlash hajmining yetishmasligi tufayli talab qilinadi.

Shu bilan birga, chora-tadbirlar “Evropa Ittifoqining Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va dunyoni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun muhim bo‘lgan g‘allani eksport qilish qobiliyatini saqlab qolish bo‘yicha qat’iy majburiyatiga mos keladi”, deyiladi Bryussel bayonotida.

Xabarga ko‘ra, uzoq vaqt davomida Qora dengiz portlari orqali don eksport qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ukrainalik fermerlar Yevropa Ittifoqi cheklovlarini o‘ta tanqidiy baholab, ularni bekor qilishni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!