Evropa Ittifoqi Shveysariyani Shengen hududidan chiqarib yuborish bilan tahdid qilmoqda

Evropa Ittifoqi Shveysariyani Shengen hududidan chiqarib yuborish bilan tahdid qilmoqda

Agar Shveysariya Frontex tashqi chegaralar xavfsizligi agentligiga qo‘shimcha miqdorni to‘lashni qo‘llab-quvvatlamasa, u holda Bryussel Shveysariyani Shengen hududidan chiqarib tashlash bilan tahdid qildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Shveysariyada 15 may kuni referendum bo‘lib o‘tadi, unda mamlakat fuqarolari Frontex tashqi chegralarni moliyalashtirishda keyingi ishtiroki haqida qaror qabul qiladi. Referendum tashkilotchilari sosial-demokratlar alyansi va Yashillar partiyasiga ko‘ra, Frontex tomonidan amalga oshirilayotgan migrasiya siyosati o‘ta “shafqatsiz” bo‘lib bormoqda va bunday tashkilotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning iloji yo‘q. Yevropa Ittifoqi 2015 yildagi migrasiya inqirozidan keyin Frontex xodimlarini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda, bu ham Shengen hududi chegaralarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi agentlikka Shveysariya hissasining oshishiga olib keladi. 2016 yildan beri Frontex Yevropa chegara va qirg‘oq qo‘riqlash xizmati sifatida faoliyat yuritadi.

Bryussel Bern o‘zining Frontex to‘lovini 2021 yildagi 19,5 million funtdan 2027 yilda 49,5 million funt sterlinggacha oshirishini kutmoqda. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Shveysariya olti emas, balki 40 nafar chegarachini tashkilotga yuborishini kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!