Evropa Ittifoqi iqtisodiyoti to‘xtab qoldi, ammo Litva va Portugaliyada kuchli o‘sish

Evropa Ittifoqi iqtisodiyoti 2024 yilda 0,8% o‘sdi, yevrozonada esa yalpi ichki mahsulot 0,7%ga o‘sdi. Biroq, 4-chorakda iqtisodiy faoliyat sezilarli darajada pasayib ketdi. Natijada, Yevropa Ittifoqi 2025 yilga o‘tishda o‘tgan chorak bilan solishtirganda faqat 0,1% o‘sish bilan kirib keldi, yevrozonada esa o‘sish umuman yo‘q edi.
Evropa Ittifoqi iqtisodiyoti zaiflashmoqda, buning asosiy sababi — uchta yirik davlat — Germaniya, Fransiya va Italiya iqtisodiyotlarining past ko‘rsatkichlari.
Asosiy to‘siq Germaniya bo‘ldi. Avvalgi vaqtlarda Evropa iqtisodiyotining lokomotivi bo‘lgan Germaniyaning o‘rnini endi ishonch bilan Ispaniya egalladi. Germaniya iqtisodiyotining yalpi ichki mahsuloti 2024 yilning oktyabr-dekabr oylarida uchinchi chorak bilan solishtirganda 0,2%ga pasaydi.
Fransiya esa oldingi chorakni 0,1% pasayish bilan yakunladi. Biroq 2024 yilning oxiriga kelib, Fransiya, Germaniyadan farqli o‘laroq, 1,1% o‘sishni ko‘rsatdi. Ya’ni, agar Germaniya iqtisodiyoti ikki yil ketma-ket inqirozda bo‘lsa, Fransiya shu ikki yil davomida o‘sishda bo‘ldi. Biroq 4-chorakda Fransiya ham o‘zining o‘sishini to‘xtatdi va minimal pasayish kuzatildi. Bu xavotirli signal bo‘lib, ayniqsa, uchinchi yirik iqtisodiy kuch — Italiya iqtisodiyoti o‘tgan yilning oxirida kutganidan ham yomonroq o‘sish ko‘rsatkichlariga erishdi. Italiya hech bo‘lmaganda minimal o‘sishni ham ko‘rsata olmadi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlarini Portugaliya va Litva namoyish etdi. O‘tgan yili muammoli bo‘lgan Portugaliya iqtisodiyoti chorak davomida 1,5% o‘sdi, Litva esa chorakda 0,9% va yilda 3,6% o‘sishni qayd etdi.