Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi: Belorussiya va Rossiya munosabatlari

A A A
Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi: Belorussiya va Rossiya munosabatlari

Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, Belorussiyada YAIMning o‘sishi 2016 yildan so‘ng 60 mlrd. AQSh dollaridan 63 mlrd. AQSh dollarigacha oshgan, bu esa XVF ma’lumotlariga asosan aytganda, 2019 yildagi YAIMning prognoz o‘sishi 1,5 foizni tashkil etishini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, iqtisodiyotning asosiy sanoat tarmoqlari bo‘lib metallurgiya sanoati, mashinasozlik, metalni qayta ishlash, neft va kimyo, oziq-ovqat sanoati hisoblanadi. Shuningdek, savdo balansidagi qoldiq salbiy bo‘lib, import hajmi eksport hajmidan ortiq hisoblanadi.

Belorussiyaning asosiy savdo hamkorlari sifatida YEOII mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqalar hisoblanadi. Oxirgi o‘n yillikda Rossiya bilan savdo munosabatlari sezilarli darajada mustahkamlandi. Umuman olganda, Belorussiya Vazirlar kengashining 2017 yil 12 yanvardagi qaroriga ko‘ra eksport tarkibini diversifikasiya qilish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, YEOIIning ulushi – 36,6 foiz, Yevropa Ittifoqining ulushi 31,8 foiz va boshqa mamlakatlarning ulushi 31,6 foizni tashkil etadi. Ushbu qarorning ijrosi natijasida YEOIIning ulushi 2019 yil yanvar-may oylarida 40 foiz atrofida bo‘lganligini qayd etish lozim, shundan Belorussiya eksportining 93,8 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelganligi e’tiborli holatdir. Shuningdek, 2019 yilning yanvar-mart oylarida Belorussiyaning importida YEOII ulushi 62 foizni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 99 foizi Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, Rossiyaning Belorussiya importidagi ulushi 60 foiz atrofida bo‘lmoqda. Asosiy savdo sheriklari sifatida Xitoy, Ukraina, Buyuk Britaniya va Germaniya kabilarni keltirish mumkin.

Ta’kidlash lozimki, Belorussiya savdo hamkorlari orasida Rossiya sezilarli o‘ringa ega bo‘lmoqda. Shu boisdan, Rossiya bilan hamkorlikdan uzoqlashish iqtisodiy mazmunga ega emas. Aksincha, Belorussiya Prezidenti Lukashenkoning integrasiyaning salbiy jihatlari haqidagi bayonotlari boshqa maqsadlarni ko‘zlaganligi ko‘rinib turibdi.

Ammo, ta’kidlaganimizdek, ayrim ommaviy axborot vositalari Lukashenkoning so‘zlaridan mas’uliyatsizlarcha, boshqa ma’no chiqarishga urinishmoqda. Masalan, “mahsulotlarimiz uchun bozorlarni yopib qo‘yishsa, bu qanday yagona iqtisodiy makon?” degan so‘zlari keltirilganu, lekin Rossiya sanksiya qo‘ygan davlatlarning mahsulotlarini reeksport qilishga urinilganligi haqida lom-mim deyilmagan?!

Shuningdek, Lukashenkoning “Belorus Rossiya bilan konstruktiv hamkorlikka tayyor, ammo teng huquqlarda. Va Belorus manfaatlariga zarar yetkazadigan hech qanday hujjatni imzolamaydi” degan so‘zlariga tushuntirish berilmagan, ya’ni u YEOIIga integrasiyani mutlaqo salbiy, deb baholayotgani yo‘q-ku!? Bundan tashqari, uning “yodda tuting! Men 3−4−5 yil prezident bo‘lib ishlagan yigitcha emasman. Menga yetarlicha bo‘ldi. Va men sizlar bilan, xalq bilan amalga oshirilgan hamma narsani o‘chirib tashlamoqchi emasman – mustaqil davlatni qutiga solib tashlab yuborish yoki kimgadir berish uchun tashkil etdimmi?” degan so‘zlarining YEOII ittifoqiga mutlaqo aloqasi yo‘q, chunki hattoki mutaxassis bo‘lmagan odamga ham ko‘rinib turganidek, u bu so‘zlari bilan muholifatning “prezident YEOIIga kirish bilan mamlakat mustaqilligini ham berib yubormoqchi”, degan g‘iybat gaplariga zarba urmoqchi bo‘layapti, xolos.

Ustiga ustak, bizning OAV vakillarining ayrimlari yana o‘zlariga o‘zlari qarshi chiqib, Belorus “ekspertlar guruhlari... darajasida kelishilgan integrasiya bo‘yicha hujjatlar va yo‘l xaritalari ustida ishlamoqda”, deb ta’kidlamoqdalar.

Biz OAVlarining yuqorida keltirilgan qarashlarini ularning noxolisligi sifatida baholaymiz, ya’ni ular mamlakatimizning YEOIIga kirishiga qarshilik ko‘rsatayotganlarning tegirmoniga suv quymoqdalar!

Shuningdek, 2019 yil 7 dekabr kuni Rossiya va Belorussiya rahbarlari Sochida 5,5 soatlik uchrashuvida ham integrasion jarayonlarni rivojlantirish borasida qator masalalarni muhokama qilganliklarini qayd etish lozim.

Joriy yilning 5 dekabrida Rossiya hukumati rahbari D.Medvedev tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yuqori ahamiyatga ega ekanligini, integrasiya juda yuqori darajadaligini ta’kidlab, emosional jarayonlar bunga ta’sir etmasligini aytib o‘tdi.

2019 yil 5 dekabrda kun.uz saytida Belorussiya Sosiologiya instituti aprel oyida o‘zi o‘tkazgan tadqiqot natijalarini keltirdi. Unga ko‘ra: “mamlakat fuqarolarining 49,9 foizi Belorus mustaqil davlat bo‘lishi va Rossiya bilan munosabatlarni xalqaro shartnomalar asosida qurishi kerak”, deb hisoblaydi. Belorusning Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirishi tarafdorlari 2019 yilda atigi 7,7 foizni tashkil etgan.

Belorusning butkul mustaqilligini istovchi fuqarolar soni 2003 yildan buyon 14,9 foizga oshgan, Rossiya bilan teng huquqli ittifoq tarafdorlari esa, 13,3 foizga kamaygan, deb qayd etmoqda Belorus rasmiy sosiologlari. Shu bilan birga, ularning ta’kidlashicha, beloruslar Rossiyani eng yaqin do‘st mamlakat (60,5 foiz) va tashqi siyosatdagi eng muhim yo‘nalish (47,6 foiz) deb bilishadi”.

Xulosa qilib aytish mumkinki, hissiyotga berilgan bayonotlarda Belorussiya ittifoqdan alohida ishlashni xohlasa-da, tashqi savdo bo‘yicha statistika va aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur masalaga atroflicha tahlillarga asoslanib yondashish dolzarb hisoblanadi.

Xulosa shuki, agar O‘zbekiston YEOIIga a’zo bo‘lsa, bu jarayon iqtisodiyotimizga hamda hayotimizga katta ijobiy o‘zgarishlar olib kelishi shubhasizdir. Shu sababli, ushbu o‘zgarishlarda millatimiz manfaatini hisobga olishimiz muhimdir.

 

Nodir Jumayev
 iqtisod fanlari doktori, professor

Dilshodjon Rahmonov
 iqtisod fanlari doktori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.