Evroittifoq mamlakatlari jazirama yozga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Evroittifoq mamlakatlari jazirama yozga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Bu yil Yevroittifoq mamlakatlarida qurg‘oqchilik bo‘lishi mumkin. Ittifoqqa a’zo mamlakatlarni noodatiy yoz kutmoqda, deydi mutaxassislar.

Inqirozni boshqarish bo‘yicha YEI komissari Yanez Lenarchichning ta’kidlashicha, mintaqada yil biroz quruq kelmoqda. «Qurg‘oqchilik kutilayotgan jazirama bilan birga o‘rmon yong‘inlariga sababchi bo‘lishi shubhasiz», – deya qo‘shimcha qiladi siyosatchi.

Lenarchichning ma’lum qilishicha, Yevroittifoq bu yilgi yoz mavsumi arafasida o‘zining yong‘inga qarshi kurash bo‘yicha havo flotini anchayin mustahkamlagan.

O‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga jalb qilinadigan samolyotlar va vertolyotlar soni 13 tadan 28 tagacha ko‘paytirilgan. Hozirda Yevropa o‘t o‘chiruvchilari ixtiyorida 10 ta Canadair samolyotlari, 14 ta samolyot-amfibiya va 4 vertolyot bor.

Texnikalar Yevroittifoqning 10 ta davlatida saqlanadi. Bundan tashqari, Gresiya, Portugaliya va Fransiyaga oldindan 400 nafar o‘t o‘chiruvchilar joylashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!