Evroittifoq AQSh bilan savdo urushiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Evropa Ittifoqi AQSh bilan savdo urushi ehtimolidan xavotirda. Bryussel Kanada, Meksika va Xitoyga qarshi allaqachon boshlanib ketgan iqtisodiy bosimning Yevropaga ham ta’sir qilishidan qo‘rqib, oldindan choralar ko‘rmoqda. Bu safar YEI rasmiylari boshqa yo‘ldan borishga qaror qilib, AQSh siyosatchilariga ta’sir o‘tkazish uchun Donald Tramp jamoasi bilan yaqin aloqalari bo‘lgan DCI Group lobbistlik firmasini yolladi.
✍️ DCI Group bilan shartnoma 2024 yil oktabr oyida, ya’ni Tramp 5 noyabrda saylovda g‘alaba qozonishidan oldin imzolangan. Bu esa Bryussel savdo mojarolari ehtimolini oldindan hisobga olganini ko‘rsatadi.
🔹 Rasmiy maqsad – Yevropa Ittifoqining AQShdagi delegasiyasiga kommunikasiya va siyosiy muloqotda maslahat berish, Yevropa mahsulotlari va investisiyalarini targ‘ib qilish.
🔹 Norasmiy maqsad – Kongress a’zolariga bosim o‘tkazish va Tramp ma’muriyatini YEI manfaatlariga ko‘proq moyil qilish.
Xitoy mahsulotlariga 10% lik tarif joriy etdi
Kanada va Meksikaga nisbatan 25% lik bojxona to‘lovlarini belgiladi
Hozircha Yevropa Ittifoqiga qarshi bunday chora ko‘rilmagan, ammo Tramp YEIning savdo siyosatini «g‘ayrioddiy» deb atagan va YEIni ko‘proq Amerika gazini, avtomobillarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishga majburlamoqchi.
🔹 DCI Group Vashingtonning eng qudratli lobbistlaridan biri bo‘lib, 2016 yilda uning sobiq rahbari Jim Merfi Trampning saylov shtabida ishlagan.
🔹 Firma ilgari Myanma hukumati, tamaki va energetika korporasiyalari uchun ishlagan.
🔹 Hozirda AQSh Adliya vazirligi DCI Groupning Exxon Mobil manfaatlari uchun ekologik faollarni nishonga olgan kiberhujumlarda ishtirok etganligini tekshirmoqda.
🔹 DCI Group mijozlari orasida avval AQSh sanksiyalariga tushgan Rossiyaning EN+ Group kompaniyasi ham bor.
Bryusselning bu harakati YEI va AQSh o‘rtasidagi savdo urushi ehtimolini kamaytirishi yoki aksincha, keskinlashtirishi mumkin. YEI oldingi Tramp ma’muriyati davridagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilmoqda.