Ertaga Osiyo qit’asi uchun JCH-2022ga qur’a tashlanadi

Ertaga Osiyo qit’asi uchun JCH-2022ga qur’a tashlanadi

Unda Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etadi

Ertaga Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda joylashgan OFKning shtab-kvartirasida Osiyo qit’asi uchun 2022 yili Qatar davlatida bo‘ladigan jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi tashkil etiladi. 

Marosimda ishtirok etish uchun O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegasiya ham ayni paytda Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib turibdi. Futbolimiz mutasaddilarining qur’a tashlash marosimidan tashqari, OFK rahbariyati bilan uchrashish, qator masalalar bo‘yicha munozaralar olib borish rejalari ham bor. 

Qur’aga kelsak, JCh saralash o‘yinlarida qit’amizning 40 ta terma jamoasi 8ta guruhga ajratilgan holda ishtirok etadi.

Iyun oyidagi FIFA reytingiga ko‘ra terma jamoalar beshta savatchaga bo‘lingan. Reytingda u qadar yuqorida joylashmagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi savatchaga munosib ko‘rildi.

1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy.

2-savatcha: Iroq, O‘ZBEKISTON, Suriya, Livan, Ummon, Qirg‘iziston, Vyetnam, Iordaniya.

3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypeyi, Filippin.

4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg‘oniston, Maldiv orollari, Quvayt, Malayziya.

5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo‘g‘uliston, Guam, Kamboja, Shri-Lanka.

Xabaringiz bor, saralash o‘yinlari shu yil 5 sentyabr kuni start oladi va kelasi yilning 9 iyuniga qadar davom etadi. Guruh g‘oliblari va guruhlarda eng yaxshi natija qayd etgan to‘rtta ikkinchi o‘rin egalari keyingi bosqichga yo‘l oladi

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!