Ertadan barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari yopiladi

Ertadan barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari yopiladi

2020 yil 24 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qat’i nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi, ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.

Umumiy ovqatlanish muassasalariga yopiq holatda, ya’ni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!