Eronda korrupsiyachilarning qo‘lini kesish taklif qilindi

Eronda korrupsiyachilarning qo‘lini kesish taklif qilindi

Eron oliy rahbari Ali Hamanai korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash olib borishga chaqirdi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi. 

Uning chaqirig‘i mamlakat sud tizimi vakillari bilan videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda yangradi. 

“Joriy davrda cho‘qqisiga yetgan korrupsiyaga qarshi kurash samarali tarzda, shuningdek adolatli va hech qanday aybi yo‘q odamlarga zarar yetkazmagan holda olib borilishi kerak”, – deya ta’kidladi Hamanai. 

U korrupsiyani yangi koronavirusga o‘xshatdi, uni yo‘qotish yo‘lini taklif qildi: 

“Odamlar korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash olib borilishini kutmoqda, chunki moliyaviy va iqtisodiy korrupsiya koronavirusga o‘xshab yuqumlidir.  Koronavirusni yo‘qotish uchun qo‘lni sovunlab yuvish kifoya, biroq korrupsiya virusiga qarshi kurashishning yagona samarali yo‘li – korrupsiyachining qo‘lini kesish”. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!