Eronda bugundan umummilliy ish tashlash boshlandi

Eronda bugundan umummilliy ish tashlash boshlandi

Bugun Eronda hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida umummilliy ish tashlash boshlandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda

Bir kun avval namoyishchilar shu haftada uch kunlik ish tashlashga chaqirgan edi.

4 dekabr kuni Eronning bir qancha yuqori martabali rasmiylari, jumladan prezident Ibrohim Raisi bilan yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuvdan so‘ng deputat Nezamoddin Musaviy hukumat xalqning haqiqiy talablariga e’tibor qaratayotganini e’lon qilgan edi.

Shu bilan birga, avvalroq yopilgani xabar qilingan axloq polisiyasi bilan bog‘liq vaziyat noaniqligicha qolmoqda.

Bir necha kun avval Islom Respublikasi Bosh prokurori Muhammad Jafar Montazeri Eronda amaldagi norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan axloq polisiyasi faoliyati to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

Axloq polisiyasi faoliyatiga mas’ul bo‘lgan mamlakat Ichki ishlar vazirligi uning yopilganligi haqida hech qanday tasdiqni olmaganini ta’kidladi. Eron davlat OAVlari Montazeri polisiyani nazorat qilish uchun javobgar emasligini xabar qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!