Eronda AQSh manfaatlarini himoya qiluvchi ayolning jasadi topildi

Eronda AQSh manfaatlarini himoya qiluvchi ayolning jasadi topildi

Eronda AQSh manfaatlarini himoya qiluvchi Shveysariya elchixonasi xodimi vafot etdi. Bu haqda 4 may, seshanba kuni Eronning "Mehr" agentligi xabar berdi.

Favqulodda xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 51 yoshli ayol Eron poytaxtining Kamrahiye hududidagi ko‘p qavatli uydan yiqilib tushgan. Dastlab, topilgan jasad erkakka tegishli deb taxmin qilingan, ammo keyinchalik ekspertiza uning ayol ekanligini aniqladi. Shu bilan birga, diplomatning o‘limi holatlari hali aniqlanmagan: huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bu voqea tasodifmi yoki ayol o‘z joniga qasd qilganmi, tekshirmoqda.

Ma’lumki, ayol elchixonaning birinchi kotibi bo‘lib ishlagan.

Shveysariya Federal tashqi ishlar vazirligi allaqachon elchixona xodimining o‘limini tasdiqladi, deb xabar beradi RIA Novosti. Tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanganidek, Shveysariya hukumati hodisa fonida mahalliy hokimiyat vakillari bilan aloqada.

Shveysariya Tehron Vashington bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilganidan keyin Eronda AQSh manfaatlarini himoya qila boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!