Eron sudi AQShni 2010 yildagi "terror hujumi" uchun 170 million dollar to‘lashga majbur qildi
Eron sudi AQSh hukumati va rasmiylarini 2010 yilda Eron janubi-sharqidagi Chabahor port shahrida sodir etilgan "terror hujumi"da halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga 170 million dollar tovon puli to‘lashga majbur qildi.
Eron adliya tizimining Mizan axborot agentligi yakshanba kuni tinglov sanasini aniqlamay turib xabar berishicha, bu qaror Tehron xalqaro sudining 55-bo‘limi tomonidan olti kishi, jumladan, halok bo‘lganlarning qarindoshlari va hujumdan omon qolganlar tomonidan berilgan da’vo arizasi asosida qabul qilingan.
Mizan ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yilning dekabr oyi o‘rtalarida Chabahordagi masjid oldida motam marosimiga yig‘ilgan olomonga xudkush tomonidan uyushtirilgan hujumda jami 39 kishi halok bo‘lgan va 70 kishi yaralangan.
Qayd etilishicha, Eron sudi AQSh hukumati va rasmiylarini teraktga aloqador deb topdi, chunki ular hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan "Jundalloh" terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlagan.
Sud hukmiga ko‘ra, AQSh da’vogarlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun 74 million dollar, shuningdek, 96 million dollar jarima to‘lashi shart.
Bu AQSh hukumatini Chobahordagi hujumga aloqadorlikda aybdor deb topuvchi ikkinchi sud qaroridir. 2023 yilda 93 nafar qurbonlar va halok bo‘lganlarning qarindoshlari da’vosini ko‘rib chiqib, sud AQSh hukumatini 2,66 milliard dollar tovon to‘lashga majbur qildi.