Rossiyaning Ukrainadagi urushi boshlanganidan buyon eng katta yo‘qotishlarga duch kelgan respublika e’lon qilindi
Boshqirdiston Ukrainadagi urushda eng ko‘p yo‘qotishlarga uchragan hudud bo‘ldi.
Rossiyaning Ukrainadagi urushi boshlanganidan buyon Boshqirdiston eng katta yo‘qotishlarga duch keldi. BBC rus xizmati va "Mediazona" tomonidan ochiq manbalarga asoslanib o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ushbu urushda jami 83 ming 338 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan, shundan 3487 nafari boshqirdistonlikdir.

Boshqirdistonda halok bo‘lganlarning katta qismi, ya’ni, 38 foizi frontga ko‘ngilli sifatida yo‘l olgan. Bu ko‘rsatkich Rossiya bo‘yicha o‘rtacha miqdordan (22%) qariyb ikki barobarga ko‘proq. Ular orasida safarbar qilinganlar ulushi 14 foizni, mahbuslar esa 18 foizni tashkil etadi.
O‘lganlar orasida ko‘pchilik qishloq aholisi bo‘lib, atigi 19 foizgina 100 mingdan ortiq aholiga ega shaharlarda yashagan. Birgina Itkulovo qishlog‘idan (aholisi 900 kishi) 27 kishi mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan.
Qurbonlar orasida eng yoshi 23 yoshli Aysuvak Xasanov bo‘lsa, eng keksa ishtirokchi – 60 yoshli Rim Maxmutov – avgustdan beri bedarak ketgan.
Tahlilchilar fikricha, bunday katta yo‘qotishlar Boshqirdiston aholisining ko‘pchiligi qishloqlarda istiqomat qilishi va iqtisodiy imkoniyatlari cheklanganligiga bog‘liq. Shu bois ko‘pchilik armiyani o‘zining daromad manbai sifatida ko‘rgan.
Ayni paytda respublikada ko‘ngillilarni urushga jalb qilish uchun kuchli targ‘ibot olib borilgan. Bu ko‘rsatkichlar Rossiyada urushning og‘ir oqibatlari mintaqalarda qanday aks etganini ko‘rsatadi.