Eron prezidenti Nyu-Yorkka yo‘l oladi

Eron prezidenti Nyu-Yorkka yo‘l oladi

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka borishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Eron hukumati matbuot kotibi Ali Bahodariy Jahromiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

- Dastlab bu masala dasturga kiritilgan edi, - dedi u Raisiyning Nyu-Yorkka ehtimoliy
tashrifi haqidagi savolga javob berarkan.

20-26 sentyabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yil Raisiy koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Nyu-Yorkka kelmasligini aytgan va tadbirda video havola orqali gapirgan. O‘shanda Eron delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxon boshchilik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!