Eron G‘azodagi xatti-harakatlari sababli Isroilga qarshi Xalqaro jinoiy sudga da’vo berishi mumkin

Eron rahbariyati Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari yuzasidan Xalqaro jinoiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilmoqchi. Bu haqda Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Nosir Kanani Chafi ma’lum qildi.
Diplomatning qayd etishicha, Eron Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti rezolyusiyasiga muvofiq Xalqaro jinoiy sudga taqdim etiladigan hujjat tayyorlash uchun maxsus komissiya tuzgan.
20 noyabr kuni Eron Isroil uchun bir necha jabhada urush boshlanishini bashorat qildi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IRQK) sobiq rahbari Mohsin Rizoiy ma’lum qildi, deya xabar beradi Al Arabiya telekanali.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)