Eron Bosh prokurori: Majburiy hijob o‘rash qonuni o‘zgartiriladi

Eron Bosh prokurori: Majburiy hijob o‘rash qonuni o‘zgartiriladi

Muhammad Jafar Montazeriy Eron rasmiylari qonunni o‘zgartirish ustida ishlay boshlaganini ma’lum qildi. Lekin, qanday o‘zgarishlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 30 noyabr kuni ekspertlar guruhi parlamentning madaniyat masalalari bo‘yicha komissiyasi bilan uchrashgan va bir-ikki hafta ichida natijaga erishish ta’kidlangan.

Sentyabr oyi oxiridan beri Eronda 22 yoshli Mahsa Aminining axloq polisiyasi tomonidan o‘ldirilganidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari davom etmoqda. Mamlakat bo‘ylab norozi namoyishchilarga huquq-tartibot idoralari tomonidan keskin choralar ko‘rilmoqda. Hozirgacha 18 mingdan ortiq namoyishchi hibsga olingan, 200 ga yaqin odam (Eron rasmiylariga ko‘ra) o‘ldirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 1979 yilgi islom inqilobidan keyin eronlik ayollar uchun hijob o‘rash majburiy etib belgilangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!