Erkak otgan o‘q 7 yashar qizchaga tegdi

Erkak otgan o‘q 7 yashar qizchaga tegdi

Kabardino-Balkariyada tergovchilar yetti yashar qizchaning erkak kishi tomonidan o‘qqa tutilishi ishini tekshirishni boshladilar, deb xabar bermoqda mintaqaviy «SU SK» manbasi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 13 fevral kuni kechqurun Zalukokoaj qishlog‘ida 48 yoshli erkak ov miltig‘idan itni cho‘chitish uchun havoga bir necha marta o‘q uzgan. O‘qlardan biri onasi hamrohligida ketayotgan yetti yoshli qizchaga tekkan.

Bolani shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun shifoxonaga olib borishdi, shifokorlar 7,62 mm kalibrli o‘qni olib tashlashdi.

Endi tergovchilar voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!