Erdo‘g‘on Isroilning G‘azodagi harakatlarini global xavfsizlikka tahdid deb atadi

Erdo‘g‘on Isroilning G‘azodagi harakatlarini global xavfsizlikka tahdid deb atadi

Isroilning G‘azodagi harakatlari mintaqaviy va global xavfsizlikka tahdid solmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

«Isroil tomonidan Falastin hududlarida, xususan, G‘azoda sodir etilgan genosid davom etmoqda, bu jinoyatlar bilan Isroil Sharqiy Quddusda nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikka ham tahdid solmoqda», — degan Turkiya rahbari. Uning ta’kidlashicha, «xalqaro hamjamiyat bu masalada Isroilga bosim o‘tkazishi kerak».

Taxminan ikki soat davom etgan uchrashuvda Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar, G‘azodagi vaziyat, «Ozarbayjonning ishg‘oldan ozod qilingan hududlari»dagi tiklash ishlari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!