Erdo‘g‘an: Zilziladan zarar ko‘rgan hududlarimizda 1-2 yil ichida turar joy quramiz

Erdo‘g‘an: Zilziladan zarar ko‘rgan hududlarimizda 1-2 yil ichida turar joy quramiz

"Biz katta maqsadni qo‘yganmiz, 1-2 yil ichida zilziladan zarar ko‘rgan hududlarimizda turar-joylar quramiz”. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Konkordiya sammiti doirasida amerikalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“6-fevraldagi zilziladan keyin Marokash va Liviyada sodir bo‘lgan ofatlarning og‘irini bilamiz. Biz 50 ming kishini yo‘qotdik, uylari vayron bo‘lgan fuqarolarimizning tezroq uylariga joylashishini istaymiz”, — dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari, shuningdek, mamlakati Marokash va Liviyaga yordam borasida murojaat qilganini ta’kidladi:

“Biz tez yordam berishga tayyormiz dedik, lekin Marokashdan javob olmadik, Liviyadan javob oldik. Biz 3 ta samolyot va 3 ta kema yubordik. Har qanday holatda ham har qanday yordamni yuborishga tayyormiz, dedik”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!