Erdog‘an: "Turkiya qurol va energiya resurslari sohasida kuchaymoqda"

Erdog‘an: "Turkiya qurol va energiya resurslari sohasida kuchaymoqda"

Turkiya davlati qurol va energiya bozoridagi mavqeini mustahkamlamoqda. Birgina so‘nggi yigirma yillikning o‘zida mamlakat qurol import qiluvchi davlatlar qatoridan chiqib, jahon bozorida o‘zini yirik qurol ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi sifatida namoyon etdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an mamlakat shimolidagi Chorum viloyatida bir qator ob’ektlar ochilish marosimida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning mudofaa sohasida importga qaramligi oxirgi 21 yil ichida minimal darajaga kamaydi.

“Sa’y-harakatlarimiz faqat mudofaa sohasi bilan cheklanmaydi. Energetika sohasida muhim sahifalar ochilmoqda. Yevropaliklar kelayotgan qishdan jiddiy xavotirda ekan, Turkiya o‘zining energiya xavfsizligini ta’minlash uchun strategik qadamlar tashlamoqda”, — dedi Turkiya rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!