Erdog‘an: Turk xalqi saylov marafonida g‘olib bo‘ldi

Erdog‘an: Turk xalqi saylov marafonida g‘olib bo‘ldi

Turkiyadagi saylov marafoni g‘olibi demokratiya va turk xalqi bo‘ldi. Bu haqda seshanba kuni Turkiya Savdo-sanoat palatalari va birjalari uyushmasining Anqarada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida so‘zlagan Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.

Davlat rahbari may oyida bo‘lib o‘tgan saylovda faol ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirdi. “Turkiyaning milliy irodasiga va kelajagiga ishongan har bir fuqaroni, o‘zini shu zaminning bir qismi deb bilgan har bir kishini saylovning so‘zsiz g‘olibi deb bilaman. Terrorchi tashkilotlar yordamida Turkiyaning kursiga ta’sir o‘tkazishga urinishlar natija bermadi!”, dedi davlat rahbari.

Prezident Erdo‘g‘on rasmiylar Turkiya muammolarini hal qilish bo‘yicha umumiy strategiya ishlab chiqish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishiga ishontirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!