Erdog‘an AQSh va Britaniya rahbarlari bilan yakkama-yakka suhbatlashdi

Erdog‘an AQSh va Britaniya rahbarlari bilan yakkama-yakka suhbatlashdi

NATOni mustahkamlashga qaratilgan qadamlar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilish jarayoniga alohida hissa qo‘shadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan Madriddagi NATO sammiti doirasidagi uchrashuvda aytib o‘tdi.

Turkiya davlati rahbari Rossiya-Ukraina urushi jahon bozoriga g‘alla va yoqilg‘i yetkazib berishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

Erdog‘an, shuningdek, Turkiya “g‘alla koridori” muammosini muvozanatli siyosat orqali hal qilish ustida ish olib borayotganini qayd etdi. U Anqaraning bu boradagi sa’y-harakatlari ijobiy natija berishiga umid bildirdi.

Jo Bayden, o‘z navbatida, Turkiya prezidentiga Ukraina g‘allasining eksportini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, Shvesiya va Finlyandiyaning NATO a’zoligi bo‘yicha arizalarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, kecha tongda Turkiya prezidenti NATO sammiti doirasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan ham yakkama-yakka gaplashib oldi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tdi va taxminan 1 soat davom etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!