Er uchastkalarini kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilandi

Er uchastkalarini kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilandi

“Er uchastkalarini kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–781, 29.06.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰Qonunga ko‘ra, Yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensasiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etiladi:

➖mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
➖xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
➖foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);
➖respublika hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigasiya ob’ektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti ob’ektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik ob’ektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat ob’ektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini, irrigasiya va meliorasiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
➖tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining ob’ektlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;
➖davlat investisiya dasturlarida ko‘rsatilgan davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investisiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish.

🚫 Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish taqiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbusni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishga doir majlislari OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq o‘tkaziladi.

➡️ Mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin hokimliklar huquq egalari bilan kompensasiyaning shartlari, turlari va miqdori bo‘yicha kelishuvga erishishga doir ishlarni amalga oshiradi.

☑️ Huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga majbur qilish maqsadida ko‘chmas mulkni erkin tasarruf etishiga monelik qiladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, huquq egasining munosib hayot kechirishi uchun monelik qiladigan shart-sharoitlarni yaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!