Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

Avval xabar berilganidek, 2021 yil 21 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish, yerni asrab-avaylash, adolatli ajratish va undan oqilona foydalanish xususida so‘z yuritilgandi. Shuningdek, xatlovdagi ko‘plab xatoliklarni bartaraf etish kabi qator muammoli holatlar yuzasidan muhim vazifalar belgilangandi.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy sud raisi tomonidan 2021 yil 27 dekabr kuni 40-sonli farmoyish qabul qilingan. Shu asosda Prezident tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Toshkent shahar sudi hamda Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari, sud apparati xodimlari, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan biriktirilgan xodimlardan iborat tarkibda ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh zimmasiga mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda joylarda yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolarni aniqlash, batafsil o‘rganish, natijalarini umumlashtirish hamda ularning qonuniy yechimlarini topish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Toshkent shahar sudi, Toshkent shahar ma’muriy sudi va mas’ul idoralar hamkorligidagi ishchi guruhlar uy-joylar va yerga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirishdagi muammolar yuzasidan joylarda fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashishdi.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumaniga biriktirilgan ishchi guruh – Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Ikram Almanov, Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi G‘ayrat Mashkurov, Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi Nurali Javliyev, fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudi raisi Omon Sattarov tumandagi “Shalola” va “Yalang‘och” mahallalarida fuqarolar bilan uchrashishdi.

Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

Olmazor tumaniga biriktirilgan ishchi guruh – Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Baxtiyor Madaminov, Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Muxiddin Sultonov, FIB M.Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Jamshid Sharopov tumandagi “Olimpiya” va “Mirzo G‘olib” mahallalarida bo‘lishdi.

Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

Uchtepa tumaniga biriktirilgan ishchi guruh – FIB Uchtepa tumanlararo sudi raisi Mansur Imomov va Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi Sardor Raxmuddinov “Katta Qani” va “Izza” mahallalaridagi muammoli holatlarni o‘rganishdi.

Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

Shayxontohur tumaniga biriktirilgan ishchi guruh – Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Dilshod Salaxutdinov, FIB Shayxontohur tumanlararo sudi rais o‘rinbosari Rustam Norxujayev, Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Li Vitaliy tumandagi mahallalarda bo‘lishdi.

Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildiEr hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

Yunusobod tumaniga biriktirilgan ishchi guruh – Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Axror Sulaymonov, Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Fazliddin Yodgorov, Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi Abdusaid Xojiyev, FIB M.Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Alimdjan Kariyev tumanda yashovchi fuqarolar bilan shaxsan uchrashishdi.

Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

Yakkasaroy tumaniga biriktirilgan ishchi guruh – Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha Anvar Yoriyev, FIB Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi Sharof Mo‘minov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Bahodir Sultonov “Meros” hamda “Belariq” mahallalaridagi xonadonlarda bo‘lishdi.

Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

Yangihayot tumaniga biriktirilgan ishchi guruh – Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi Akram Yusupov, FIB Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi Farhod Sharipov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Otabek Ismoilov, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Saydulla Mixliyev ham “Binokor” MFY va “Ganch Binokor” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari hududida fuqarolar bilan uchrashib, muammoli holatlarni o‘rganishdi.

Er hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar o‘rganildi

O‘rganishlar davomida uy-joylar va yerga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirishda yuzaga kelgan muammolar yuzasidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hujjatlar ko‘zdan kechirildi hamda tegishli tushuntirishlar olib borildi.

Amaliy ishlar natijasiga ko‘ra, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!