EOIIda bolalarni “qo‘rqinchli” o‘yinchoqlardan himoya qilishga oid tavsiya ishlab chiqildi

Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) bolalarni ularning sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi tavsiyanomani qabul qildi. Bu haqda YEIK matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, hujjat bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan stol ustidagi o‘yinlar, o‘yinchoqlar, liboslar, ryukzaklar va boshqa tovarlarga taalluqli. Bundan tovarlarda bola sog‘lig‘iga va ruhiyatiga zarar yetkazuvchi axborot bo‘lmasligi shart.
EIK hay’ati a’zolari Ittifoqning “O‘yinchoqlar xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglamentiga o‘zgartirish kiritishga oid ishni davom ettirish maqsadga muvofiq deb topishgan. U bolalarning o‘yinchoqlarning salbiy ta’siridan himoya qilish uchun ularga bo‘lgan minimal talablarni nazarda tutadi.
Bolalarni ularning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy, ma’naviy, ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanisha zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi model qonunni MDH Parlamentlararo Assambleyasi 2009 yil dekabrida qabul qilgan. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (EOII) ikki davlati – Rossiya va Qozog‘iston tegishli qonunlarni qabul qilgan. YEIK yana uch mamlakat – Qirg‘iziston, Armaniston va Belarusga o‘z qonunchiligiga bunday hujjatni qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qilgan.