Entoni Joshua qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Entoni Joshua qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Jermeyn Franklinga qarshi jangda mag‘lub bo‘lsa faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

"1 aprel kuni g‘alaba qozonishga umid qilaman. Agar Franklinga mag‘lub bo‘lsam, faoliyatimni yakunlayman. Sababi mag‘lub bo‘lganimdan keyin jang qilishimga hech kim ruxsat bermaydi.

Franklin jiddiy raqib, men esa mag‘lub bo‘lmoqchi emasman. Shunday ekan, bu yerda hech qanday "agar"ga o‘rin yo‘q. Bor e’tiborimni g‘alabaga qaratishim kerak", - dedi Joshua.

Eslatib o‘tamiz, Joshua va Franklin o‘rtasidagi jang 1 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!