Eng xatarli valyuta maqomini qaysi davlat puli oldi?

Eng xatarli valyuta maqomini qaysi davlat puli oldi?

Turk lirasi jahon investorlari nuqtai nazaridan bo‘lajak prezidentlik saylovi arafasida va respublika iqtisodiyotidagi noaniqliklar oqibatida eng xatarli valyuta sifatida baholanmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Investorlar aktivning xatarliligini opsionlar qiymatidagi farq orqali baholaydilar. Yanvar oyi oxirida turk lirasini AQSh dollariga nisbatan sotish opsionlari bilan turk valyutasini sotib olish opsionlari o‘rtasidagi farq 13 foizga oshib, rivojlanayotgan mamlakatlarning barcha valyutalari orasida mutlaq rekordga erishgan. Shu tarzda lira deyarli butun 2022 yil davomida dunyodagi eng xatarli valyuta bo‘lib turgan Rossiya rublini ortda qoldirgan.

Mutaxassislar liraning xatari ortib borayotganini Turkiyadagi prezidentlik sayloviga aloqador noaniqlik bilan bog‘lamoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik va parlament saylovi uchun ovoz berish sanasini ertaroqqa, 18 iyundan 14 mayga ko‘chirishi mumkinligiga ishora qilgan edi. Turkiya uzoq yillar davomida Erdo‘g‘anning Markaziy bank pul-kredit siyosati qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi tasavvurini amalga oshirib kelmoqda.

«Saylov arafasida Markaziy bank stavkani yana pasaytirishi xavfi bor va bularning barchasi bozor kutilmalariga sezilarli ta’sir ko‘rsata boshladi. Shunday qilib, opsionlar liraning hozirgi darajadan zaiflashishi xavfini aniqroq baholay boshladi», dedi TD Securities tahlilchisi Kristian Majio.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!