Eng uzun klip Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi

Eng uzun klip Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi

Amerikaning mashhur "Twenty One Pilots" guruhining "Level of Concern" qo‘shig‘i uchun ishlangan musiqiy klip tarixdagi eng uzun video sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Bu haqda guruh Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, videoasar 178 kun davom etadi.

Ma’lum qilinishicha, guruh joriy yilning yoz oylari boshida muxlislar bilan qo‘shma loyiha boshlashga qaror qilgan va uning natijasi o‘laroq har bir muxlis o‘zlarining videokliplarini duyet saytiga yuklashgan.

Bu paytda animatorlar tinimsiz ijro etilayotgan klip uchun videoni doimiy ravishda yangilab turishgan. Natijada 162 mingdan ortiq muxlislar videolari to‘plangan.

Qayd etilishicha, uzluksiz translyasiya ketma-ket 178 kun davom etgan va umumiy davomiyligi 4264 soat 10 daqiqa 25 soniya bo‘lib, 16 dekabr kuni tasodifan uzilib qolgan.

Natijada, "Twenty One Pilots"  musiqiy klipi Farrell Uilyamsning 24 soatli "Baxtli" qo‘shig‘ini chetlab o‘tib, jahon rekordini yangilagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!