Endilikda Tibbiyot OTMning bitiruvchilari doimiy yashash joylarida amaliyot o‘taydi
“Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (713-son, 25.11.2021 y.) qabul qilindi.
☑️ Qarorga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan filiallar tashkil etiladi:
👉 akademik V.Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – xirurgiya;
👉 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – kardioxirurgiya;
👉 Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – neyroxirurgiya;
👉 Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – urologiya;
👉 Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantasiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – nefrologiya.
➡️ Shuningdek, transplantologiya, endoxirurgiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, endourologiya, nevrologiya va tibbiy genetika yangi bo‘limlari hamda immunogenetik laboratoriya tashkil etiladi.
❗️Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan barcha tibbiyot OTMning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari o‘quv yilining 1-semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydi hamda ma’ruza va o‘quv mashg‘ulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda olib boriladi.
✅ Institut va Klinika tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda “Shahrixon tumani tajribasi” joriy qilinadi.