Endi o‘zbek diplomatlari 3 oygacha BAAda vizasiz yuradi

Endi o‘zbek diplomatlari 3 oygacha BAAda vizasiz yuradi

Kecha, 23 avgust kuni O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risida hamkorlik haqidagi bayonnoma kuchga kirdi.

Ushbu hujjat 2019 yil 25 mart kuni Abu Dabi shahrida O‘zbekiston Prezidentining BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan edi.

Hujjat O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari bo‘lgan diplomatik pasport egalariga 90 kungacha viza rasmiylashtirmasdan ikkinchi davlat hududiga kirish, chiqish, tranzit orqali o‘tish va bo‘lish huquqini beradi.

BAA bilan ikki tomonlama hamkorlik faollashayotganini inobatga olgan holda, bayonnoma ikki mamlakatning rasmiy vakillari – diplomatik pasport egalarining o‘zaro tashriflari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal etishga ko‘maklashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!