Endi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMga imtihonsiz kiradi

Endi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar  OTMga imtihonsiz kiradi

“Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4666-son, 07.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kolleji Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etiladi.

Mazkur texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar o‘z sohasiga mos tibbiyot OTMlarining bakalavriatiga kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab: ⬇️

?  tibbiyot OTMlarining davolash (amaliyot) ishlari prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari) bir vaqtning o‘zida ushbu OTM klinikalarining bosh shifokorlari hisoblanadi;

? tibbiyot OTMlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi mutaxassislikka oid bo‘lmagan fanlar ulushi 2 barobarga qisqartiriladi;

? klinik ordinaturasiga maqsadli qabul qilingan talabalarning bitiruv kursini viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

? hududlarning shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib tibbiyot OTMlari bakalavriatning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul ko‘rsatkichlari doirasidagi maqsadli qabul parametrlari tuman (shahar)lar kesimida shakllantiriladi;

? ushbu yo‘nalishlar bitiruvchilari yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!