Qonun loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha Bosh komissiya «Rossiya Federasiyasidagi chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi, unga ko‘ra mehnat migrantlari, agar ularning daromadi yashash minimumidan past bo‘lsa, patent ololmaydi yoki patentni uzaytirolmaydi. Bu haqda komissiya yig‘ilishi materiallarida aytilgan.
«Rossiya Federasiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari o‘zini va Rossiyada yashovchi va qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini yashash minimumining mintaqaviy koeffisiyentiga ko‘paytirilgan miqdordan kam bo‘lmagan darajada ta’minlashi shart», deyiladi komissiya materiallarida. Bunday qoida patentni birinchi marta olayotganlar va faqat jismoniy shaxslar qo‘lida shaxsiy ehtiyoji uchun ishlayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Rossiyada yashash minimumi - bu bir oy davomida inson hayoti uchun minimal zarur deb hisoblangan pul miqdori. U federal va mintaqaviy bo‘ladi va hududlarga qarab farq qiladi.
Misol uchun, 2026 yil federal darajadagi yashash minimumi miqdori:
- aholi jon boshiga - oyiga taxminan 18 939 rubl;
- mehnatga layoqatlilar uchun ≈ 20 644 rubl;
- pensionerlar uchun ≈ 16 288 rubl;
- bolalar uchun ≈ 18 371 rubl.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Учрашувда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида олий даражадаги ўзаро ишонч ва яқин мулоқотга асосланган муносабатлар анча жадал ривожланиб бораётгани мамнуният билан қайд этилди. Қувонарлиси, 2025 йил икки томонлама ҳамкорлик учун муҳим ва самарали босқич бўлди.