Endi hokimlar istagan odamiga mashina, uy sovg‘a qilolmaydi

Endi hokimlar istagan odamiga mashina, uy sovg‘a qilolmaydi

Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Abruyevning aytishicha, bundan buyon hokimlar bundan buyon istagan odamiga mashina, uy sovg‘a qilolmaydi, faqatgina mahalliy kengashlar ma’qullagan yo‘nalishlarga qo‘shimcha daromadlarni ishlatishlari mumkin. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.

“Bundan keyin mahalliy hokimliklar faqatgina mahalliy kengashlar ma’qullagan yo‘nalishlarga qo‘shimcha daromadlarni ishlatishlari mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rdik - hokimlar uy-joy, mashinalarni qayerdan olib berayotgani haqida jamoatchilikda savollar tug‘ilyapti. Bular qo‘shimcha daromadlar hisobidan olindi, deyishlari mumkin.

Mahalliy hokimliklarning qo‘shimcha daromadlari ham baribir mahalliy byudjetning mablag‘i. “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasi bilan byudjet mahalliy byudjet kengashida qanday tasdiqlansa, qo‘shimcha daromadlar ham xuddi shu tartibda tasdiqlanishi kerak degan norma kiritildi. Bu byudjet intizomini tartibga soladi”, deya Jamshid Abruyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, hokimlarga favqulodda vaziyatlardagi kichik xarajatlar uchun mablag‘larni mahalliy byudjetdan olishga ruxsat berilyapti. Bunda ham pullar nimaga sarflangani haqida har chorakda hisobot topshirilishi shart. Ammo favqulodda xarajatlar uchun deb mahalliy byudjet puliga uy, mashina olisholmaydi, faqatgina ta’mirlash va boshqa shunga o‘xshash holatlarga xarajat qilishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!