Endi chaqaloq och qolganini aniqlasa bo‘ladi

Endi chaqaloq och qolganini aniqlasa bo‘ladi

Dasturchi Kaleb Olson ota-onalarga chaqaloqlarda ochlikni aniqlashga yordam beradigan tizimni taqdim etdi. Tizim yig‘lashni anglatuvchi ochlikning dastlabki signallariga urg‘u beradi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Ta’kidlanishicha, chaqaloq yig‘lashdan oldin ochlikni kamroq e’lon qiladi. Bu odatda lablar, qo‘llar va boshning xarakterli harakatida o‘zini namoyon qiladi. Ota-onalar bu imo-ishoralarni sezmaydilar va ochlik haqida faqat yig‘lagandan keyin bilib qolishadi. Shu sababli, ishlab chiquvchida bolani kuzatib boradigan va mazkur signallarning yuzaga kelgani haqida xabar beradigan tizimni yaratish g‘oyasi tug‘ildi.

Kuzatuv qurilmasi uchun kamerali chaqaloq monitoridan foydalanilgan, loyihaning dasturiy qismi Google MediaPipe kutubxonasi yordamida amalga oshirilgan. Olson tizimga chaqaloqning ochlik imo-ishoralarini hisobga olishga o‘rgatdi va ularning har biriga ustuvorlik berdi. Natijada, tizim bolaning xarakterli xatti-harakatlarini o‘qiydi va ota-onalarga uni ovqatlantirish vaqti kelganligi haqida xabar beradi. Bu keraksiz yig‘lashni deyarli butunlay oldini oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!