Elektron-skoring tizimi ishga tushiriladi
🔰 Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan davlat xaridlari maxsus axborot portalida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining faoliyatini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik tarzda baholash imkonini beruvchi elektron-skoring tizimi ishga tushiriladi.
✔️ Bunda elektron-skoring tizimi vositasida ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi “yuqori”, “o‘rta”, “past” va “eng past” ishonchlilik darajalari beriladi.
💸 Yuqoridagilar asosida quyidagi rag‘batlantirish choralari ko‘riladi:
🔹 “yuqori” ishonchlilik darajasiga ega ishtirokchilar uchun zakalat to‘lash talab etilmaydi;
🔹 eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga ishonchlilik darajasiga mutanosib ravishda qo‘shimcha ball beriladi;
🔹 davlat xaridlari sohasida “eng faol tadbirkor” tanlovida davlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “yuqori” bo‘lgan davlat xaridlari ishtirokchilarining nomzodlari qo‘llab-quvvatlanadi.
⛔️ Shuningdek, avlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “past” va “eng past” bo‘lgan ishtirokchilarning:
🔸 xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishiga ruxsat etiladigan davlat xaridlarining yuqori qiymatiga nisbatan me’yorlar belgilanadi;
🔸 bepul onlayn o‘quv kurslari orqali malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
