Elektron sigaretadagi xushbo‘ylik undagi moddalarning zararlilik xususiyatini yanada oshiradi

A A A
Elektron sigaretadagi xushbo‘ylik undagi moddalarning zararlilik xususiyatini yanada oshiradi

Elektron sigaretalar – ko‘p va bir marta ishlatiladigan moslamalar bo‘lib, ular elektr toki (akkumulyator) yordamida nikotinli suyuqliklarni qizdiradi hamda iste’molchi nafas oladigan tutunni hosil qiladi.

— Elektron sigaretalar veyp, elektron sigara, elektron chilim, deb ham ataladi, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov. — Ular tarkibida nikotin miqdori 0 mg/ml dan 66 mg/mlgacha va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu – nikotin miqdori odatiy sigaretadan kamida ikki marta ko‘proq degani.

🚬 Chekuvchining organizmiga salbiy ta’sir qiladigan nikotin miqdori, uning konsentrasiyasidan tashqari, bir necha omilga bog‘liq. Moslama ishlab chiqaradigan elektr quvvati, tortish usuli, chekuvchi tomonidan suyuqlikka turli qo‘shimchalarni qo‘shish nikotin miqdorini oshirishi mumkin.

⚠️ Nikotin – odamlarda jismoniy va ruhiy qaramlikni chaqiradi. Qolaversa, yurakka va markaziy asab tizimiga tez ta’sir qiluvchi zahar hisoblanadi.

🧬 Nikotin tamaki tarkibidagi asosiy narkotik modda bo‘lib, zamonaviy sigaretalar tuzilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli qaramlik xavfini orttiradi. Bu – giyohvand moddalar keltirib chiqaradigan xavfdan ham yuqori.

🔺 Elektron sigaretadagi suyuqliklarda nikotin miqdori turlicha bo‘lishidan tashqari, ular tarkibida suv, propilenglikol, gliserin, aromatizatorlar va boshqa birikmalar mavjud.

🧪 Ushbu moddalar bug‘lanish jarayonida turli birikmalarni hosil qiladi va ularning ba’zilari o‘ta zaharli hisoblanadi.

‼️ Ayniqsa, aromatizatorlar elektron sigaretalardagi moddalarning zararlilik xususiyatini yanada kuchaytiradi.

♨️ Shuningdek, ular nikotinli aerozolning achchiq, yoqimsiz ta’mi va hidini yashiradi. Bu esa atrofdagilarda elektron sigaretalarni sinab ko‘rishga moyillikni oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!