Elektrdan noqonuniy foydalangan ustaxona egasi javobgarlikka tortildi

Elektrdan noqonuniy foydalangan ustaxona egasi javobgarlikka tortildi

Fuqaro G‘.Nazirov Pskent tumani, Navoiy MFY.da joylashgan noturar joyda avtomashina tamirlash ustaxonasini ochib, ushbu ustaxonada  elektr energiyasi korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan noqonuniy tarmoqqa ulanib foydalinganligi oqibatida Pskent tuman elektr taminoti korxonasiga jami 4.300.352 so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Fuqaro G‘.Nazirov bunday huquqbuzarlikni birinchi marotaba sodir etmagani, 2018 yil avgust oyida ham qonunga xilof harakati ya’ni elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi uchun Byuro tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 101-moddasi bilan mamuriy javobgarlikga tortilganligi aniqlandi. 
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Pskent tuman bo‘limi tomonidan  fuqaro G‘.Nazirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!